"Ukraina Turkmaniston rahbariyati Putin harbiy jinoyatchi ekanligini tushunadi, deb umid qiladi. Putin ukrainalik bolalarni Rossiyaga noqonuniy ravishda olib ketgani uchun Xalqaro jinoiy sud uni hibsga olishga order bergan", — deyiladi Ukraina Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Ma’lumot uchun, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkmanistonda shoir Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro forumda ishtirok etishi rejalashtirilgan.