Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan shu hafta uchrashishni taklif qilganini ma’lum qildi.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, keng ko‘lamli urushga chek qo‘yish maqsadida bunday uchrashuv 15–17 iyun kunlari Fransiyada bo‘lib o‘tayotgan G7 (Katta yettilik) sammiti doirasida amalga oshishi mumkin edi, biroq Rossiya Prezidenti muzokaralarga tayyor emas.
«Putinga G7 sammiti doirasida uchrashishga tayyor ekanimiz haqida xabar yo‘lladik. Chunki u yerda Tramp va Makron ham bo‘ladi, ya’ni ham Yevropa, ham AQSh vakillari ishtirok etadi. Mening fikrimcha, bu barchamiz bir joyga to‘planib, uchrashishimiz uchun juda yaxshi imkoniyatdir», — dedi Zelenskiy.
Ukraina Prezidentining qo‘shimcha qilishicha, Yevropa va AQSh ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan, Rossiya esa yana bir bor muzokaralarga tayyor emasligini ko‘rsatgan.
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Zelenskiy 4 iyun kuni Kreml rahbariga ochiq xat yo‘llab, uzoq muddatli tinchlikka erishish bo‘yicha kelishuvlarni qo‘lga kiritish maqsadida uchinchi davlatda uchrashuv o‘tkazishni taklif qilgan edi.