Bugun 15 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Zelenskiy: "Eronga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishni muhim"

Zelenskiy: "Eronga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishni muhim"

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 62-Myunxen xavfsizlik konferensiyasi bo‘lib o‘tayotgan Myunxenda Eronning oxirgi shohining to‘ng‘ich o‘g‘li Rizo Pahlaviy bilan uchrashdi.

Zelenskiyning o‘zi bu haqda ma’lum qildi.

"Ukraina Eron xalqini o‘z kelajagi uchun kurashda qo‘llab-quvvatlaydi va Eron rejimining barcha qurbonlariga hamdardlik bildiradi", deb yozgan u va "Eronga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishni muhim deb biladi" deb qo‘shimcha qildi.

"Men Eron shahzodasiga Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildiraman. Inson hayotini himoya qilish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirish muhimdir. Ukraina yordam berishga tayyor", deb qo‘shimcha qildi Zelenskiy.

Kiritildi: 08:10 14.02.2026. O'qildi: 1267 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!