Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen bilan uchrashdi.
Bu haqda Zelenskiy o‘zining telegram kanalida ma’lum qildi.
"Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen bilan yaxshi uchrashuv bo‘ldi. Biz Ukraina mudofaa sanoatiga harbiy yordam va to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya kiritishni davom ettirish haqida gaplashdik. Daniya davlatimizni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yetakchilardan biri bo‘lib, Ukraina uchun 26-harbiy yordam paketini hozirdan tayyorlamoqda", - dedi Zelenskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar Istanbuldagi muzokaralar va AQSh va yevropalik hamkorlar bilan diplomatik sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish masalalarini ham muhokama qilgan.
"Joriy yilning iyul oyida Daniya YEI kengashiga raislik qiladi. Biz Yevropa integrasiyasida qo‘llab-quvvatlashga ishonamiz va bu haqda uchrashuv davomida muhokama qildik", - deya qo‘shimcha qildi Ukraina rahbari.