Volodimir Zelenskiy AQSh rezidenti Jo Baydenning Ukrainaga Rossiya hududiga uzoq masofali raketalari bilan zarba berishga ruxsat bergani haqidagi xabarlarga izoh berdi.
Aytish joizki, Ukraina prezidenti bunday ruxsat berilganini bevosita tasdiqlamadi.
"Ukrainani mustahkamlash rejasi men G‘arbdagi sheriklarimizga taqdim etgan "G‘alaba rejasi”dir. Ushbu rejaning muhim qismlaridan biri bizga G‘arb davlatlarining uzoq masofali qurollaridan foydalanishga qo‘yilgan cheklovlarning olib tashlanishi hisoblanadi. Bugun ko‘plab ommaviy axborot vositalarida bunday qurollardan foydalanish uchun ruxsat olganimiz haqidagi xabarlar tarqatildi. Ammo zarbalar so‘z bilan emas, amaliy harakatlar bilan namoyon bo‘ladi. Bunday masalalar e’lon qilinmaydi", — deya munosabat bildirdi Zelenskiy.