Bugun 4 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Zelenskiy: Ayrim aviakompaniyalar Rossiyaga parvozlarni bekor qila boshladi

Zelenskiy: Ayrim aviakompaniyalar Rossiyaga parvozlarni bekor qila boshladi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning ma’lum qilishicha, ayrim xalqaro aviakompaniyalar Rossiya aeroportlariga amalga oshiriladigan parvozlarni bekor qila boshladi.

Zelenskiy bu haqda an’anaviy kechki videomurojaatida ma’lum qildi. Biroq u gap aynan qaysi aviakompaniyalar haqida ketayotganini aniqlashtirmadi.

«Rossiya osmonida ob’ektiv ravishda mavjud bo‘lgan dronlar tahdidi haqidagi bayonotimizdan so‘ng, dastlabki aviakompaniyalar Rossiya aeroportlariga parvoz qilishdan bosh tortayotgani haqida ma’lumot olmoqdamiz», — dedi Zelenskiy.

Uning ta’kidlashicha, bu Rossiya boshlagan va Putin tugatishni istamayotgan urush sharoitidagi voqealarga nisbatan «to‘g‘ri va mantiqiy munosabat» hisoblanadi.

Zelenskiy, shuningdek, Ukraina tomoni xalqaro tashkilotlar va hamkorlarni Rossiya havo hududidagi «haqiqiy vaziyat» haqida rasman xabardor qilganini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, 1 sentyabr kuni Zelenskiy aviakompaniyalarni Rossiya osmoni tobora xavfli bo‘lib borayotgani haqida ogohlantirgan edi. Keyinchalik Kiyev Xalqaro fuqaro aviasiyasi tashkilotiga (IKAO) Rossiya havo hududidagi xavflar haqida rasman ma’lumot berib, fuqarolik aviasiyasi xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rishga chaqirgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Zelenskiyning bu bayonotlarini «davlat terrorizmiga urinish» deb atadi. Rossiya Transport vazirligi esa mamlakat aviasiya xizmatlari fuqarolik aviasiyasi faoliyatida jiddiy uzilishlarga yo‘l qo‘ymasligini ma’lum qildi.

Shu bilan birga, Pegasus Airlines va Turkish Airlines Turkiyadan Moskvaga amalga oshirilishi rejalashtirilgan ayrim reyslarni bekor qildi. Pegasus 2 sentyabr kuni Rossiyaga rejalashtirilgan parvozlar «texnik va operasion sabablar» tufayli bekor qilinganini ma’lum qilgan.

Kiritildi: 18:08 03.09.2026. O'qildi: 657 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!