Ukraina va AQSh o‘rtasidagi kelishuv deyarli tayyor va uning imzolanishi AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv natijasiga bog‘liq.
Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ukrainalik ommaviy axborot vositalariga ma’lum qildi.
"Mening fikrimcha, men hozir ko‘ryapmanki, biz bilan AQSh o‘rtasidagi kelishuv deyarli tayyor va uni imzolash yoki qo‘ymaslik masalasi, mening fikrimcha, uchrashuvimiz formatiga qarab ikkinchi darajali masala”, — dedi u.
Kecha ertalab Ukraina prezidenti Tramp bilan tez orada uchrashishi kutilayotganini ma’lum qilgandi.
Zelenskiy, shuningdek, Ukraina o‘zining yevropalik hamkorlari bilan doimiy aloqada bo‘lishini va onlayn uchrashuv tashkil etilishi mumkinligini ta’kidladi.
"Biz gaplashayotganimizda, aziz jurnalistlar, Yevropa yetakchilari menga yozishmoqda va qo‘ng‘iroq qilishmoqda. Huddi menda avval bosh qarorgohim bo‘lgani kabi. Men hamkorlarimni hurmat qilgan holda, Bosh qarorgohni to‘xtata olmadim. Men ular bilan doimiy aloqada bo‘laman. Biz yevropaliklar u yerda bo‘lishini istardik. Hozir hammamiz shaxsan yig‘ilishimiz mumkinligiga ishonchim komil emas. teging, - dedi u.