Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy «o‘z hokimiyatini mustahkamlash» uchun kelasi yil prezidentlik saylovlarini o‘tkazishni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Economist nashri xabar bermoqda .
«O‘tgan yili barcha yirik siyosiy kuchlar saylovlarni mojaro tugaguniga qadar qoldirishga rozi bo‘lganiga qaramay, hokimiyatni mustahkamlash maqsadida ularni kelasi yil o‘tkazish imkoniyati muhokama qilinmoqda», — deyiladi maqolada.
Nashr muxolifat partiyalari vakillarining fikrlariga havola qiladi, ular ham saylovlar ehtimoli haqida gapiradi.
«Zelenskiyning ehtimoliy raqiblari haqida turlicha fikrlar bor, ular orasida Valeriy Zalujniy alohida ajralib turadi . So‘rovlar shuni ko‘rsatadiki, ukrainaliklar sobiq harbiyning rahbarlik g‘oyasiga ijobiy munosabatda bo‘lishadi», — deyiladi nashrda.