Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Zaxarova Ukrainani qoraladi

Zaxarova Ukrainani qoraladi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarovaning aytishicha, Ukraina G‘arb ko‘magida Afrikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va ochlikka qarshi kurashish manfaatlariga "bir tiyin ham qo‘ymaydi".

Diplomatning qayd etishicha, Rossiyaning Istanbuldagi Qo‘shma muvofiqlashtirish markazidagi vakillari Afrikaga yo‘l olgan yuk tashuvchilarni Qora dengiz tashabbusiga kiritish uchun kurashmoqda.

Bundan tashqari, Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb Afrikaga kerakli o‘g‘itlarni ishlab chiqarish uchun ammiak yetkazib berishdan manfaatdor emas. Moskva Tolyatti-Odessa ammiak quvurini kechiktirmasdan ishga tushirishga tayyor, ammo Zaxarova ta’kidlaganidek, Kiyev bu jarayonni sekinlashtirmoqda.

Kiritildi: 06:45 27.05.2023. O'qildi: 2039 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!