Mersning Ukrainaga Taurus yetkazib berish hozirda muhokama qilinmayotgani haqidagi bayonoti "so‘z o‘yini"dir, deb hisoblamoqda Mariya Zaxarova.
"Kanslerning vazifasi uzoq masofali raketalarni yetkazib berish mavzusini jamoatchilik muhokamasidan chetlatishdir. Go‘yoki ular mavjud emasday. Aslida esa Berlin Kiyev rejimiga qancha birlikni va qachon topshirganini hech kim bilmaydi", - deya o‘z Telegram-kanalida yozdi Rossiya TIV rasmiy vakili.