O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi “Shaffof Sement Sanoat” kompaniyasiga nisbatan tekshiruv o‘tkazdi.
Qo‘mita matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, qo‘mitaning Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan monitoring davomida qurilish materiali qonunga xilof ravishda sotilgani aniqlangan. 2023 yil va shu yilning yetti oyi davomida kompaniya tomonidan birjadan yashirincha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha 20,6 ming tonna sement sotilgan.
“Narxlar birja savdolaridagi kotirovkalardan ancha yuqori bo‘lgan. Asossiz daromadning umumiy hajmi qariyb 669 million so‘mni tashkil etadi”, - deyiladi Qo‘mita xabarida.
Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, ular majburiy tartibda tovar-xom ashyo birjasiga qo‘yilishi lozim. Maxsus komissiya “Shaffof Sement Sanoat” kompaniyasi hatti-harakatlarini manipulyasiya sifatida baholab, tegishli choralar ko‘rdi.