Bugun 18 oktyabr, 2019 yil, juma

КИР

Zarina Nizomiddinova shaxsiy hayoti haqida gapirdi

Zarina Nizomiddinova shaxsiy hayoti haqida gapirdi

Aktrisa Zarina Nizomiddinova shahsiy hayoti haqida gapirdi.

Zarina "Zo‘r TV" telekanalida efirga uzatiladigan "Aldama meni" nomli shouda o‘z shahsiy hayoti haqida gapirib o‘tdi. Shou qoidasiga ko‘ra ishtirokchilar barcha savollarga to‘g‘ri javob berishlari kerak.

Shouda Nizomiddinova sobiq turmush o‘rtog‘i bilan nega ajrashgani haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

"Sobiq turmush o‘rtog‘im bilan xarakterlarimiz to‘g‘ri kelmadi. Shu sababli ham biz ajrashdik. Men haqimda ko‘pincha turli xil erkaklar bilan ishqiy munosabatda ekan deb yolg‘on xabarlar tarqatishadi. Buning hammasi yolg‘on. Bir qarasangiz Alisher Uzoqov bilan, yana bir qarasangiz Shohruhxon bilan "yurar" ekan deyishadi. Aslida biz juda yaxshi do‘stlarmiz. Men o‘z shaxsiy hayotimni shou-biznes vakili bilan tasavvur qila olmayman. Ko‘plar menga turmushga chiqishni taklif qilishdi, lekin hozircha bu haqida o‘ylayotganim yo‘q", - deydi aktrisa.

Kiritildi: 07:15 04.10.2019. O'qildi: 6582 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi, va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!