Dron hujumlaridan keyin Zaporojye va Xerson viloyatlarining Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarida elektr o‘chib qoldi.
Hududlarning Moskva tomonidan tayinlangan ma’muriyatlarining xabar berishicha, holatga Ukraina dronlarining zarbasi sabab bo‘lgan.
Zaporojening Moskva nazorati ostidagi qismi gubernatori Yevgeniy Baliskiy matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, viloyatning Rossiya nazoratidagi qismi elektrsiz qolgan. Baliskiyning so‘zlariga ko‘ra, 3 iyun tonggida viloyatda 457 ta aholi punkti elektrsiz qolgan, uzilishdan 600 mingdan ortiq foydalanuvchi zarar ko‘rgan.
Xerson viloyatining Moskva tomonidan tayinlangan gubernatori Vladimir Saldoning xabar berishicha, hududda 150 ta aholi punktida 100 mingdan ortiq kishi elektrsiz qolgan.
Elektr ta’minoti uzilishidan biroz oldin Rossiya monitoring kanallari va mahalliy ma’muriyatlar Qrim va Xerson viloyati chegarasi yaqiniga dron hujumi amalga oshirilgani haqida xabar bergan. Biroq, elektr ta’minotidagi uzilishlarning mazkur hujumga aloqadorligi noma’lum.