Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Avval o‘zi hibsga olindi, endi kompaniyasi musodara qilinmoqda...

Avval o‘zi hibsga olindi, endi kompaniyasi musodara qilinmoqda...

Armanistonda bir necha kun avval taniqli biznesmen, Samvel Karapetyan ($3,2 mlrd) hibsga olingan edi. U bosh vazir Nikol Pashinyannng arman cherkoviga bosimini tanqid qilgan edi.

Armaniston sudi uni “hokimiyatni egallab olishga chaqirishda” ayblab DXX qamoqxonasiga joylashtirdi. Shu vaqtning o‘zida unga tegishli bo‘lgan "Armaniston elektr tarmoqlari" (AET) kompaniyasini milliylashtirish boshlandi.

Kompaniya xodimlari bunga qarshi chiqib mitinglar tashkil qildi. Lekin Pashinyan ularga ishdan bo‘shatish bilan po‘pisa qildi. Qarshi chiqmaganlarga esa ishga qayta tiklashga, shuningdek, to‘lanmagan maoshlarni qoplashga va’da berdi.

Bugun Armaniston parlamenti AETni davlat mulkiga o‘tkazish huquqini beruvchi qonun loyihasini qabul qildi.

Kiritildi: 17:31 02.07.2025. O'qildi: 1214 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!