Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Moskva markazida ichida FSB xodimlari bo‘lgan mashina portlab ketdi

Moskva markazida ichida FSB xodimlari bo‘lgan mashina portlab ketdi

Moskva markazidagi Staropimenovskiy tor ko‘chasida ichida Rossiya maxsus xizmatlarining veteranlari — SSSR Davlat xavfsizlik qo‘mitasining 80 yoshli faxriysi hamda uning qizi — Federal xavfsizlik xizmatining (FSB) sobiq xodimi bo‘lgan avtomobil portlab ketdi, deb xabar beradi Mash.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol favqulodda xizmat xodimlari yetib kelgunga qadar olov egallab olgan mashina ichida otasini chiqarib olishga muvaffaq bo‘lgan. Keyinroq u o‘tgan oy transport vositasini texnik xizmat ko‘rsatishdan o‘tkazganini, jumladan, kondisionerini to‘g‘irlab, yangi signalizasiya o‘rnatganini ma’lum qilgan.

Guvohlar bir nechta portlash ovozini eshitganini ta’kidlagan. Yuzaga kelgan yong‘in oqibatida ikkita mashinaga shikast yetgan. Yong‘in zudlik bilan bartaraf etilgan.

Hozircha jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.

Kiritildi: 23:07 02.07.2025. O'qildi: 1724 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!