Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Rossiyada Su-27 rusumidagi samolyot qulab tushdi

A A A
Rossiyada Su-27 rusumidagi samolyot qulab tushdi

1 iyul kuni Rossiyada joriy yil boshidan beri uchinchi bor harbiy-havo kuchlariga tegishli samolyot qulab tushdi.

Bu safar halokatga uchragan samolyot – Su-27 rusumidagi ko‘p maqsadli, og‘ir to‘rtinchi avlod yuqori tezlikdagi qiruvchi samolyoti. Bu haqda “The Moscow Times” nashri xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, halokat Nijegorod viloyatining Kulebaki shahri yaqinidagi Veletma posyolkasidan 10 km uzoqlikda, o‘rmon hududida yuz bergan. Ushbu joy yaqinida Rossiya Mudofaa vazirligining 4-Davlat aviasiya tayyorgarlik markazining filiali joylashgan. Samolyotda ikki nafar uchuvchi bo‘lgan. Ularning ikkalasi ham katapulta yordamida qutulishga ulgurgan. Mahalliy manbalar xabariga ko‘ra, halokat joyida yong‘in o‘chirish ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 21:06 02.07.2025. O'qildi: 1032 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!