Yuzdan ortiq gruziyalik diplomatlar Yevropa integrasiyasi kursining bekor qilinishiga qarshi ochiq xat yo‘lladi. Mamlakatning Bolgariyadagi elchisi iste’foga chiqdi.
Evropa integrasiyasi jarayonini qayta tiklashni qo‘llab-quvvatlovchi ochiq xat Gruziya Tashqi ishlar vazirligi xodimi Keti Pruidzening Facebook'dagi sahifasida e’lon qilindi.
"Evropa Ittifoqi bilan muzokaralar jarayonining to‘xtatilishi Gruziyaning yakkalanishiga olib keladi. Shuningdek, mamlakat dunyoda sodir bo‘layotgan jarayonlar fonida jiddiy tahdidlarga duch keladi", deyilgan maktubda.
Gruziya Tashqi ishlar vazirligi xodimlari mamlakatning Yevropa integrasiya kursiga sodiqliklarini bildirdilar. Maktubni 130 kishi imzoladi.
Shuningdek, Gruziyaning Bolgariyadagi elchisi Otar Berdzenishvili mamlakat rasmiylarining harakatlariga norozilik sifatida o‘z lavozimini tark etishini ma’lum qildi.