Bugun 29 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

“Yuventus” Ronalduni sotib olish uchun uchta futbolchisidan voz kechishga majbur!

A A A
“Yuventus” Ronalduni sotib olish uchun uchta futbolchisidan voz kechishga majbur!

“Yuventus” klubi “Real” hujumchisi Krishtianu Ronalduni sotib olish uchun o‘zining uchta futbolchisini sotishga majbur. Chunki moliyaviy feyr-pley qoidalari shuni talab qiladi.

Ayni damda Turin klubi hamda “Real” rahbariyati o‘rtasida Ronaldu bo‘yicha muzokaralarning so‘nggi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Portugaliyalik yulduz deyarli “Yuventus” futbolchisiga aylanib bo‘ldi.

“El Transistor” ma’lumotiga ko‘ra, “Yuventus” rahbariyati allaqachon sotiladigan uchta futbolchisini aniqlab bo‘lgan. Unga ko‘ra, himoyachilar Daniel Rugani hamda Aleks Sandro, shuningdek, hujumchi Gonsalo Iguain jamoani tark etadi. Rugani hamda Iguain faoliyatini “Chelsi”da davom ettirishi mumkin. Sandroga esa “MYu” qiziqmoqda.  

 

Kiritildi: 09:41 10.07.2018. O'qildi: 8123 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!