Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Yurtimizning yana bir manzilida serjantlar forumi tashkil etildi (fotogalereya)

Yurtimizning yana bir manzilida serjantlar forumi tashkil etildi (fotogalereya)

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashabbusi bilan mamlakatimizning yana bir manzilida –  Andijon viloyati Andijon shahrida “Birgalikda kuchlimiz” shiori ostidagi “Serjantlar forumi” tashkil etildi. Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlardan biri bo‘lgan Serjantlar forumi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida xizmat qilayotgan serjantlar bilan doimiy hamkorlikni o‘rnatish, yangi innovasion g‘oya va fikrlarni amalga tadbiq etish, kelgusidagi vazifa hamda topshiriqlarni birgalikda bajarish, o‘zaro birlashish maqsadlariga qaratilgandir.

Yoshlar markazida start olgan forumda Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Bojxona qo‘mitasida xizmat o‘tayotgan serjantlar, davlat va jamoat tashkilotlarining vakillari, shuningdek Yoshlar ittifoqining "Fidokor yoshlar" a’zolari ishtirok etdilar.

Harbiy xizmatchilarning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda yangicha yondashish takliflari bildirilgan Serjantlar forumida Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari O‘.Shukurov, viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Yunusova, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi raisi O.Yo‘ldoshev, viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazi boshlig‘i M.G‘ofurov, Milliy gvardiya qo‘mondonligi hamda Markaziy apparati mutasaddi rahbarlari va boshqa hamkor tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.

“Serjantlar forumidan asosiy maqsad – bu harbiy xizmatchilarimizga yurtimizda bo‘lib o‘tayotgan siyosiy, iqtisodiy jarayonlarni, Oliy Bosh Qo‘mondonimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini to‘liq yetkazib berishdir” – deydi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining o‘rinbosari.

Serjantlar forumining kun tartibiga bir qator tadbirlar kiritilgan bo‘lib, ularning barchasida Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilari o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Xususan, Serjantlar forumining ochilishiga bag‘ishlangan press-klubda Milliy gvardiya serjanti SH.Xusainov serjantlar kengashlarining faoliyati va takliflari yuzasidan ingliz tilida ma’ruza qilgan bo‘lsa, shartnoma asosida xizmat qilib kelayotgan oddiy askar S.Baxritdinov Andijon viloyatidagi bo‘linmalarga biriktirilgan 35-sonli maktabda sportning karate turi bo‘yicha tashkil etgan to‘garak faoliyati bilan tanishtirib o‘tdi.

Ikki kun davom etgan forumda serjantlar jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xizmat o‘tashga tayinlangan harbiy xizmatchilar bilan uslubiy-amaliy yo‘riqnoma mashg‘ulotlarini olib bordilar, otliq kavaleriya bo‘linmalarining xizmat o‘tash davomida qo‘llaydigan amaliy harakatlari, maxsus operasiya bajarish chog‘idagi harakatlar texnikasi, Mirzo Bobur hayoti va ijodiga oid burchagi hamda boshqa qo‘rgazmalar bilan tanishdilar. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari uchun turli vaziyatda garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha maxsus operasiyalarning ko‘rgazmali-amaliy mashg‘uloti namoyishi bo‘lib o‘tdi.  Fidokor yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar va duch kelgan muammoli vaziyatlarga to‘g‘ri yo‘nalishda maslahatlar oldilar.

Bo‘lib o‘tgan Forum serjantlar va Fidokor yoshlarning bir maqsad sari bir tan-u bir jon bo‘lib, Vatan osoyishtaligi, yurtimiz rivoji yo‘lida yuqori marralarga erishishdagi o‘zaro hamkorlik, birdamlik bilan qo‘yilgan qadamni aks ettirdi.

 

Kiritildi: 11:20 29.05.2019. O'qildi: 1414 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!