Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Yurtimizga yana sovuq havo kirib kelmoqda

Yurtimizga yana sovuq havo kirib kelmoqda

Gidrometeorologiya xizmati markazi xabariga ko‘ra, 28-29 mart kunlari O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

28-29 mart kunlari respublika hududi bo‘ylab yomg‘ir yog‘ib, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi. Ba’zi joylarida kuchli bo‘ladi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

28-29 mart kunlari respublika hududlarida shamolning tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. 

29 martda havo harorati kechasi va kunduzi 6-11° iliqgacha pasayadi.

Kiritildi: 19:35 27.03.2021. O'qildi: 7930 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!