Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Yurtimizda 670 million so‘mlik tibbiy niqoblarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

A A A
Yurtimizda 670 million so‘mlik tibbiy niqoblarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Turli xil kasalliklarni oldini olishda tibbiy niqoblar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu kabi mahsulotlarning noqonuniy aylanmasiga bojxonachilar o‘z vaqtida chek qo‘yishmoqda.

Jumladan, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda yirik miqdordagi “niqob” operasiyasini fosh etishdi.

O‘tkazilgan tadbir davomida fuqaro S.X.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, ushbu shaxs xonadonida umumiy qiymati 668,4 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan, tegishli sertifikatlari bo‘lmagan tibbiy niqoblar mavjudligi va ularni chetda qayta sotish rejalashtirilganligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Kiritildi: 21:25 01.03.2020. O'qildi: 3245 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!