2025 yil 30 sentyabrida Mirzo Ulug‘bek tumanida BYD va Lixiang L9 mashinalari to‘qnashuvida Li 9 esa katta tezlikda kelib, o‘z yo‘nalishini o‘zgartirgan BYD’ga tegib o‘tgan va ag‘darilib ketgandi.
Dastlabki sud BYD mashinasi haydovchisi zimmasiga 798 mln so‘m moddiy zararni yuklab qo‘ydi, bu xabar tarmoqlarda tarqalgach, keskin e’tirozlarga sabab bo‘lishi ortidan, apellyasiya sudi ushbu qarorni bekor qilib, ishni surishtiruvga qaytargandi.
JIB Mirzo Ulug‘bek sudida mazkur ish bo‘yicha qaror e’lon qilindi: Li 9 haydovchisi MJtKning 3 ta moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilgan deb topildi va unga 6 mlndan ortiqroq jarima belgilandi.