2020 yil 5-6-oktyabr kunlari Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish test sinovlari o‘tkazilgan edi.
Mazkur test sinovlarining natijalari (talabgorlarning test sinovlarida to‘plagan ballari) Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga joylashtirildi, deb xabar bermoqda DTM.
Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar test natijalari bilan shaxsiy kabinetlari (texnikum.dtm.uz) orqali tanishishlari mumkin.