Bugun 27 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer solig‘i summalari Kadastr organlari ma’lumotlari asosida hisoblanadi

Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer solig‘i summalari Kadastr organlari ma’lumotlari asosida hisoblanadi

Agar korxonaga tegishli ko‘chmas mulk va yer maydonlari hamda soliq organlaridagi mavjud ma’lumotlar o‘rtasida tafovutlar mavjud bo‘lsa, unga aniqlik kiritish yuzasidan kadastr organlariga murojaat qilish lozim.

Ma’lumot uchun:
Imtiyoz va alohida soliq stavkasi qo‘llaniladigan ko‘chmas mulk ob’ektlari va yer uchastkalari hamda ko‘chmas mulkning o‘rtacha yillik qoldiq qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar my3.soliq.uz – elektron soliq xizmatlari portalining quyidagi bo‘limlaridan murojaat yuborish orqali shakllanadi.
▫️ «Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat»;
▫️ «Alohida soliq stavkasi qo‘llaniladigan ko‘chmas mulk ob’ektlari va yer uchastkalari».

Eslatma:
2024 yil 1 yanvardan soliq to‘lovchilarning tanloviga ko‘ra yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha soliq hisobotlarini soliq organlari tomonidan avtomatik tarzda shakllantirish tartibi joriy etiladi.

Kiritildi: 14:08 30.11.2023. O'qildi: 2239 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!