Og‘ir ish qilgandan so‘ng yuzaga keladigan hansirash yurak yurak-qon tomir kasalliklarining alomatlari bo‘lishi mumkin. Bu haqda kardioxirurg Timur Xalilulin gapirib berdi.
“Yurak kasalliklarining yuzaga kelish sabablari har xil. Biroq bemorlar o‘zlariga odatiy bo‘lib qolgan jismoniy harakatlar kamayib qolgani – dam olish chog‘idagi qisqa muddat ichida ularda hansirash yuzaga kelishiga e’tibor qaratishadi”.
Ko‘krak qafasida yonish hissi, ko‘krak orqasidagi og‘riq, shuningdek og‘irlik hissi yurakdagi muammolardan darak berishi mumkin. Mutaxassislar jismoniy harakat paytida, misol uchun og‘ir ko‘targanda, zinadan ko‘tarilayotganda, tez yurganda yoki yugurganda ham alomatlar yuzaga kelishini ta’kidlashdi. Odatda bunday og‘riqlar o‘n daqiqalik dam olish paytida yuzaga keladi.
Mazkur alomatlar issiq xonadan tashqariga chiqilgan paytda o‘zini namoyon etadi. Kasallikning og‘ir bosqichlarida yurak yetishmovchiligining belgilari: dam olish paytida hansirash, oyoqda shish, holsizlik, vazn ortishi, arterial qon bosimining tushishi yuzaga kelishi mumkin, deyiladi mir24.tv saytida.