Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Yo‘qolgan narsani masjidda e’lon qilish mumkinmi?

Yo‘qolgan narsani masjidda e’lon qilish mumkinmi?

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim masjidda yo‘qolgan narsasini so‘roqlagan odamni eshitsa, unga: «Alloh uni senga qaytarmasin. Masjid buning uchun bino qilinmagan», – desin», – dedilar».

Muslim va Abu Dovud rivoyat qilishgan.

Imom Muslim rivoyat qiladi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam namoz o‘qib bo‘lganlarida, bir odam o‘rnidan turib: «Kim qizil tuyani ko‘rdi?» – dedi.

U zot sollallohu alayhi vasallam: «Uni topolmagin. Masjidlar o‘zlari bino qilingan narsa uchun bino qilingandir», – dedilar».

Manba: islom.uz

Kiritildi: 13:52 29.11.2019. O'qildi: 2387 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!