Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Yunusobodda yangi qurilayotgan binoda yong‘in chiqdi

Yunusobodda yangi qurilayotgan binoda yong‘in chiqdi

Toshkent shahar Yunusobod tumanida yangi qurilayotgan binoda yong‘in chiqdi. Bu haqda FVVga tayanib Daryo nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 23 iyul kuni soat 12:35 da Toshkent shahar Yunusobod tumani SH.Rashidov ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, zudlik bilan 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yong‘in joyiga yetib borib, yong‘in soat 12:56 da bartaraf etildi.

Hodisa natijasida binoning tom qismidagi qurilish mahsulotlari yonib zararlangan. Yong‘inning kengayib ketishi oldi olindi va qisqa vaqt ichida o‘chirildi. Asosiy binoga zarar yetmagan. Holat sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Kiritildi: 13:32 23.07.2024. O'qildi: 550 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!