Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Yunusobodda Hyundai qizil chiroqqa to‘xtamadi. Oqibati ayanchli tugadi

Yunusobodda Hyundai qizil chiroqqa to‘xtamadi. Oqibati ayanchli tugadi

8 avgust kuni Bog‘ishamol va Yangi shahar ko‘chalari chorrahasida uchta avtomobil ishtirokida YTH yuz bergan. Hyundai haydovchisi 34 yoshli Shohrux T. svetoforning qizil chirog‘iga o‘tib ketib, 29 yoshli Botir S. boshqargan Cobalt va 24 yoshli Murodjon S. boshqarib borgan Spark bilan to‘qnashgan. 

YTH natijasida Cobalt’ning yo‘lovchilari — 40 yoshli Shukurullo A. va 32 yoshli Mahliyo K., shuningdek, Hyundai’da bo‘lgan 10 yoshli I.SH. tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan. «Ammo shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramasdan, I.SH. hayotdan ko‘z yumdi», — deyiladi IIBB axborotida.

Ma’lumot uchun, 2018 yilda O‘zbekiston yo‘llarida yuz bergan YTHlar oqibatida 2262 kishi halok bo‘lgan. Bu — har kuni kamida 6 kishi YTH oqibatida vafot etgan, degani.

Kiritildi: 14:37 09.08.2019. O'qildi: 2206 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!