Ijtimoiy tarmoqlarda avtobus haydovchisi "oraliq bekatda ko‘p turib qolgani" uchun e’tiroz bildirgan yo‘lovchi ayolga nisbatan qo‘pollik qilgani aks etgan voqea tarqalgan edi.
✔️ Ma’lum bo‘lishicha (https://t.me/tshtxuz/2461), ushbu avtobus davlat raqami 01/035QBA bo‘lgan, 155-sonli yo‘nalishda harakatlangan. Avtobus haydovchisi — O.SH.
🔰Haydovchi o‘z xizmat vazifasi davomida yo‘lovchini haqoratlagani, yo‘nalishda uyali aloqa vositasidan foydalangani va tibbiy niqob taqmagani uchun vaqtincha vazifasidan chetlatilgan. Voqeaga aniqlik kiritilgandan so‘ng uning haydovchilikka loyiqlik masalasi ko‘rib chiqiladi.
⚠️ Yuqoridagi kabi holatlar kuzatilgan taqdirda "Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyatining 1062 ishonch raqamiga va info@tashbus.uz orqali murojaat qilish mumkin.