Orlandodan Klivlendga uchadigan Amerika samolyot reysi qo‘lga o‘rgatilgan olmaxon tufayli bekor qilindi. Aeraport qonunlariga ko‘ra, yo‘lovchilarning samolyot ichiga turli xil hayvonlarni olib kirishlari man etilgan. Ayol «FrontierAirlines» aviokompaniyasining samolyot bortiga olib chiqayotgan yuki olmaxon bo‘lganini aytmagan ekan.
Ayolning bu qilgan ishi to‘g‘ri emasligi tushuntirilib, samolyotdan tushisini so‘rashgan. Ammo, u rad etkanligi sababli bortdagi hamma yo‘lovchilarni evokuasiya qilishgan. Ayolni bo‘lsa polisiya yordamida samolyotdan olib chiqishgan.
«Mir 24» ma’lumotiga ko‘ra, samolyot ikki soatgacha ucha olmagan.