Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Yulduz Usmonova zaldan jerkib haydagan yosh bolali ayol kim edi?

Yulduz Usmonova zaldan jerkib haydagan yosh bolali ayol kim edi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Yulduz Usmonovaning farzandi yig‘lagan ayolni zaldan chiqarib yuborgani aks etgan videorolik tarqaldi. Ushbu videorolik jamoatchilikning qizg‘in muhokamasiga sabab bo‘lgach, artistning qizi Nilufur Usmonova ommaga murojaat bilan chiqdi.

Nilufar Usmonova zaldan ko‘pchilik mehmonlar oldida jerkib chiqarib yuborilgan ayol o‘z farzandining enagasi ekanligini ma’lum qildi.

Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, u o‘zining yangi musiqiy albomi  taqdimotini o‘tkazgan. Kechaga xonandaning o‘z farzandlari enagasi bilan kelgan bo‘lib, uyqu ilitgani bois bola g‘ingshigan va albom taqdimotining tinch o‘tishiga xalaqit qilgan.

Shu bois Yulduz Usmonova ayolni zaldan chiqib ketishini qat’iy talab qilgan.

Onasining videorolikdagi aks etgan qo‘pol munosabati muhokamalarga sabab bo‘layotganligini “qora piar” sifatida baholayotgan Nilufar Usmonova videorolik orqali chiqish qildi va musiqiy albom taqdimotiga yig‘lab xalaqit qilgan farzandi qaysi ekanligini ommaga namoyish qildi.

Hozircha O‘zbekiston Xalq artistining o‘zi voqea yuzasidan izoh bildirgani yo‘q.

 

Kiritildi: 11:51 13.02.2020. O'qildi: 15648 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!