Bugun 21 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Yo‘l harakatiga amal qilmagan fuqaro 50 million so‘m jarima to‘ladi

A A A
Yo‘l harakatiga amal qilmagan fuqaro 50 million so‘m jarima to‘ladi

Majburiy ijro byurosi Olmazor tuman bo‘limi ish yurituvida Toshkent shaxar IIB YHXB ning bir nafar fuqaroga nisbatan bir qator qarorlariga asosan qarzdor A.Anvarovdan davlat foydasi yul xarakati qoidalariga amal qilmagani sabab yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan jami 63 ta ma’muriy bayonnomalar tuzilgan bo‘lib, ulardan 50 mln. so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar undirish belgilangan.

Mazkur qarorlar ijrosi ta’minlanishi maqsadida, majburiy ijro harakatlariga kirishilib, qarzdor fuqaroga tegishli bo‘lgan Cobalt rusumli avtotransport vositasini xatlash jarayonida, fuqarodan 63 ta 50 mln. so‘m miqdoridagi ma’muriy jarimalar to‘liq undirilib, ijro ishi Qonunning 41-moddasiga asosan tamomlangan. Bu haqida Majburiy ijro byurosi xabar bermoqda.

Kiritildi: 14:08 21.09.2022. O'qildi: 2592 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!