Kiyevdagi YTHda ayblangan sudya Aleksey Tandir spirtli ichimliklarni iste’mol qilganliklari tekshirish komissiyasini aldashga urindi. Bu haqda 9 avgust kuni Ukrainaning Strana.ua nashri xabar berdi.
Manbaning xabariga ko‘ra, Tandir mutaxassislarga spirtli ichimliklarni tekshirish uchun siydik namunalari o‘rniga tupurik va suv bergan.
"Ammo ularda hatto alkogol izlari ham topilgan, xususan etanolning mikroifratlari. Buni o‘tkazilgan ekspertiza ma’lumotlari, ayblov tomonining sud majlisida ma’lum qilgani tasdiqlaydi”, — deyiladi nashrning "Telegram-kanali"da.
Chorshanba kuni gazetaning xabar berishicha, Apellyasiya sudi ayblanuvchini hibsda qoldirgan.
Kiyev viloyati Makarovskiy tuman sudi sudyasi Aleksey Tandir 25 may kuni Ukraina Milliy gvardiyasi askarini o‘z avtomobolida urib o‘ldirgan. Hodisa Kiyevdagi nazorat-o‘tkazish punktlaridan birida sodir bo‘lgan. 28 may kuni u hibsga olingan.
Erkak “yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzganlik, mast holatda avtomobilni boshqarish, natijada jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan”likda gumon qilinmoqda.
U transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilib, o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.