Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

YPX xodimiga haydovchi bilan gaplashish uchun 10 daqiqa berilganmi?

YPX xodimiga haydovchi bilan gaplashish uchun 10 daqiqa berilganmi?

Bugungi kunda internet ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan YPX xodimi va haydovchi o‘rtasida tortishuvlar aks etgan videolavhalarda haydovchilar tomonidan YPX xodimlariga aytilayotgan “10 minut bo‘ldi, sizni vaqtingiz qolmadi, endi men ketaman” degan gaplar eng ommabop gaplardan biri bo‘lib bormoqda va huquqiy savodxonligi pas haydovchilar o‘rtasida virus kabi tez tarqalmoqda, deb yozadi avtobloger Maqsud Muzaffarov o‘z kanalida.

Xo‘sh bu “10 minut” xaqidagi gaplar qanchalik asosli?

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning: 

3-moddasida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga asoslanishi, 

9-moddasida Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs bu huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt va joyda amal qilib turuvchi qonun hujjatlari asosida javobgarlikka tortilishi,

280-moddasida Buzilishi ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqaradigan qoidalarga rioya etilishini tekshirish va (yoki) nazorat qilish qonun hujjatlari bilan zimmasiga yuklatilgan tegishli organning vakolatli mansabdor shaxsi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani tuzishi,

248-moddasida Yo‘l harakati qoidalarini buzish orqali  sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha choralar ko‘rish va 287-moddasiga Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshirilishi ko‘rsatilgan.

288-moddasida Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish uch soatgacha davom etishi mumkinligi aytib o‘tilgan.

Xulosa!

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori 16-bandida YPX xodimi tomonidan yo‘l harakati qatnashchisini asossiz to‘xtatib turish taqiqlanadi deb ko‘rsatilgan.

Shunga asosan, agarda yo‘l harakati qatnashchisi huquqbuzarlik sodir etmaganligini isbotlab bersa, YPX xodimining fikri fuqaroniki bilan uyg‘unlashsa, ya’ni huquqbuzarlik sodir etmaganligiga ishonch xosil qilgan zahoti unga tegishli bo‘lgan hujjatlarini qaytarib berib, unga ruxsat beradi.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qaroriga asasan YPX xodimiga huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq o‘z vaqtida tegishli choralarni ko‘rish majburiyati yuklangan.

Yuqorida keltirib o‘tgan asoslarimizga ko‘ra, YPX xodimi fuqaro tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik sodir qilingan deb hisoblasa O‘zbekiston Respublikasi  MJtKning 288-moddasiga asosan, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzish, ishlarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri ko‘rib chiqilishini ta’minlash va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan chiqarilgan qarorlarni ijro etish maqsadida mazkur shaxsni uch soatgacha ushlab turishga xaqli

Kiritildi: 11:48 04.12.2019. O'qildi: 2510 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!