Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Yozda vazn ortadimi yoki kamayadi?

A A A
Yozda vazn ortadimi yoki kamayadi?

Nima deb o‘ylaysiz, yoz bizga ozish uchun qulay pallami yoki semirish? Bu haqida shifokorlarning aniq fikrlari mavjud.

Yozda vazn yo‘qotish sabablari:

- ochiq havoda ko‘proq vaqt o‘tkazamiz, sport bilan shug‘ullanamiz, piyoda yuramiz, bu esa kaloriya sarfini oshiradi.

- issiq mavsumda metabolizm tezlashadi va organizmni ortiqcha yog‘lardan xalos qiladi.

- yangi meva va sabzavotlar serob, ular ovqat hazmiga yordam beradi, to‘qlik hissini berishi jihatidan kaloriyali ovqatlarga o‘rin qoldirmaydi.

- tana terlash orqali ortiqcha suvni yo‘qotadi, bu vazn kamayishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Endi nima uchun yozda vazn yig‘ishni ko‘rib chiqamiz:

- yaxna gazli ichimliklar, shirin sharbatlar, muzqaymoq kup iste’mol qilinadi, ular esa o‘ta kaloriyalidir.

- dam olish va sayohat payti ko‘pincha ovqatlanish tartibini chetlab o‘tish oson.

- ayrimlar issiqqa betoqatlikdan o‘zlarini soya-salqinga uradilar va kamharakat bo‘lib qoladilar.

- havodagi karbonat angidridning ko‘payishi metabolizmning buzilishiga va kilogramm ortishiga olib kelishi mumkin.

Kiritildi: 11:28 10.07.2025. O'qildi: 572 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!