Madridning "Real" klubi tarkibini yozgi transfer oynasi davomida bir qator futbolchilar tark etishi mumkin.
Diario AS xabariga ko‘ra, klubni tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatiga 4 nafar futbolchi kiritilgan. Ular: Rodrigo, Fran Garsiya, David Alaba va Dani Sebalyos.
Futbolchilar bo‘yicha qarorlar Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlanganidan so‘ng qabul qilinadi.