So‘nggi yillarda miokard infarkti yoshlar orasida ham keng tarqala boshladi. Ilgari bu xastalik 50-60 yoshlilarda ko‘p uchragan bo‘lsa, hozir 30-40 yoshlilar, hatto 20 yoshli yoshlar ham ushbu xatarga duch kelmoqda.
Sabablar:
➖ Noto‘g‘ri ovqatlanish – fast-fud, yog‘li, qovurilgan taomlar va shakarli ichimliklar;
➖ Kamharakatlik – sport bilan shug‘ullanmaslik, kompyuter va smartfondan uzoq foydalanish;
➖ Stress – doimiy zo‘riqish va asabiylik;
➖ Tamaki va alkogol iste’moli – qon tomirlarni toraytirib, yurakka qon yetib borishini qiyinlashtiradi;
Oldini olish choralari:
➖ Jismoniy faollikni oshirish;
➖ To‘g‘ri ovqatlanish;
➖ Stressdan qochish;
➖ Zararli odatlardan voz kechish.
Mutaxassislar yoshlarni o‘z salomatligiga e’tiborli bo‘lishga chaqiradi!