Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Yoshlar ishlari agentligi nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun grant e’lon qildi

Yoshlar ishlari agentligi nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun grant e’lon qildi

Yoshlar ishlari agentligi nogironligi bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning zamonaviy kasblar egallashiga ko‘maklashish maqsadida «Najot Ta’lim» markazi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida 100 nafar o‘quvchi uchun grant e’lon qildi.

Grant doirasida quyidagi:

• Veb dasturlash;

• Grafik dizayn;

• Moushn grafika;

• Digital marketing;

• Sosial media marketing yo‘nalishlarida ta’lim olish imkoniyati bor.

Loyihada IT sohasiga qiziqqan 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bo‘lgan yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Dastlabki bosqichda umumiy 100 nafar, ya’ni har bir yo‘nalishdan 20 nafardan o‘quvchi qabul qilinib, sohaga oid kerakli ko‘nikmalar o‘rgatiladi. Darslar «Najot Ta’lim» jamoasi mutaxassislari tomonidan olib boriladi.

Loyihada ishtirok etish uchun murojaatlar 30 sentyabrga qadar onlayn qabul qilinadi. Nomzodlar Yoshlar ishlari agentligi va «Najot Ta’lim» markazi xodimlari tomonidan suhbat asosida saralab olinadi.

«Imkon» loyihasi bo‘yicha onlayn darslar avvaldan boshlangan bo‘lib, ushbu grant Toshkent shahridagi nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun oflayn rejimda chuqurlashtirilgan holatda olib boriladi. Loyiha natijasiga ko‘ra, keyingi bosqichlarda boshqa hududlarga ham tatbiq etilishi mumkin.

Loyiha to‘g‘risidagi tashkiliy jarayonlarni Yoshlar ishlari agentligi va «Najot Ta’lim» rasmiy sahifalari orqali kuzatish mumkin.

Kiritildi: 07:57 16.09.2020. O'qildi: 2015 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!