“Yoshlar daftari”ga kimlar kiritiladi?
“Yoshlar daftari”ga doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo‘yicha 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan (31 yoshga to‘lmagan) quyidagi toifadagi:
“Yoshlar daftari”ga kiritilganlarga qanday yordamlar beriladi?
Moddiy yordam BHMning 4 baravarigacha miqdorda to‘lab beriladi.
Buning uchun bir martalik moddiy yordam ajratishni so‘rab mahalladagi yoshlar yetakchisiga ariza beriladi.
Moddiy yordam shaxsga bir kalendar yil davomida bir marotaba beriladi.
2. Yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga o‘qitish kurslari xarajatlari qoplab beriladi.
3. Yoshlarning davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratiladi.
4. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursining xarajatlarini qoplash uchun BHMning 4 baravarigacha miqdorda yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida o‘qitish xizmatini ko‘rsatgan davlat va nodavlat ta’lim tashkilotiga subsidiya ajratiladi.
5. O‘qish xarajatlarining qolgan qismi ariza beruvchi tomonidan ta’lim tashkilotiga to‘lab beriladi.
6. Dehqonchilik va tomorqa xo‘jaligini yuritish bilan shug‘ullanayotgan yoshlarga urug‘lik va ko‘chatlar xarid qilish uchun subsidiya ajratiladi.
7.Tomorqa yer egasi bo‘lgan yoki dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun, shu jumladan, yangi o‘zlashtirilgan, lalmi, foydalanilmayotgan yer maydonlarida 0,1 gektardan 1 gektargacha yer maydoni ajratib berilgan yoshlarga urug‘lik va ko‘chatlar xarid qilish uchun BHMning 8 baravarigacha miqdorda hokim yordamchisining ijobiy tavsiyasi asosida subsidiya ajratiladi.
8. Yoshlarga tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilish uchun noturar joyning ijara xarajatlari qoplab beriladi.
9. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yosh tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tgan yosh fuqaroga faoliyatini amalga oshirayotgan noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarining bir yilda 30 foizi, biroq BHMning 25 baravarigacha bo‘lgan qismi hokim yordamchisining ijobiy tavsiyasi asosida ijaraga beruvchi tashkilotga qoplab beriladi.
10. Yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilishga zarur bo‘lgan asbob-uskunalar yoki mehnat qurollarini xarid qilishga subsidiya ajratiladi.
11. Yoshlarga professional va oliy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi-talabalarining ta’lim to‘lov-kontrakt summasining bir qismi to‘lab beriladi.
12. Yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarini o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslarida o‘qish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratiladi.
13. Ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi o‘quv kurslari uchun subsidiya ajratiladi.
14. Yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarda qatnashish xarajatlari uchun subsidiya ajratiladi.
15. Yoshlarga ta’lim, madaniyat va san’at, sport, axborot texnologiyalar sohasiga va fanlarni o‘qitishga ixtisoslashgan nodavlat ta’lim tashkilotining noturar joy ijara xarajatlari qoplab beriladi.
16. Bemor yoshlarga davolanish xarajatlari uchun subsidiya ajratiladi.
17. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bemor yoshlarga mamlakatda yoki xorijiy davlatlarda davolanish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda subsidiya ajratiladi.
18. Psixologik maslahatga muhtoj yoshlarga pullik psixologik xizmat ko‘rsatilishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab beriladi.
19. Yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash badalini to‘liq miqdorda qoplash uchun subsidiya ajratiladi.
20. Yoshlarga yangi turmush qurayotganida o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratishga kafillik beriladi.
21. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan yoshlarga yakka tartibdagi o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun 33 mln so‘mgacha garovsiz kredit ajratishda muvofiq beriladi.
22. Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga turar joy ijarasi uchun subsidiya ajratiladi.
23. Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga 12 oygacha turar joy uchun ijara kompensasiyasi har oyda BHMning 3 baravaridan oshmagan miqdorda subsidiya ajratiladi.
Bunda er-xotinning har ikkisi o‘ttiz yoshdan oshmagan (o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan) bo‘lishi, mulk huquqi asosida turar joyi bo‘lmagan, ilgari maqsadli dasturlar doirasida imtiyozli ipoteka kreditlari orqali kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joylar bilan ta’minlanmagan, ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar yoki uy-joylar ta’minoti bilan bog‘liq boshqa imtiyozlardan foydalanmagan hamda har ikkisi yoki biri “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bo‘lishi talab etiladi.
24. Yoshlarning ish bilan bandligi ta’minlanadi, tadbirkorlikka jalb qilinadi.
Kreditlar hokim yordamchilarining tavsiyalari asosida 14 foizlik stavkada:
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan va o‘zini o‘zi band qiladigan yoshlarga ayrim turdagi faoliyatni amalga oshirish (kasanachilik, hunarmandchilik, issiqxona qurish va shu kabilar uchun zarur xom ashyo, ehtiyot qism hamda qurilish mollarini sotib olish) maqsadida 5 million so‘mgacha miqdorda kredit mablag‘lari naqd pulda berilishi mumkin.
Kredit summasining aniq miqdori tadbirkor tomonidan ish bilan ta’minlanadigan har bir yosh uchun 33 million so‘mgacha miqdorda mutanosib ravishda belgilanadi.
25. Yoshlarning xorijda xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migrasiyasi tashkil etiladi.