Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik nafaqalarining tayinlanish tartibi qanday amalga oshiriladi?

Yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik  nafaqalarining tayinlanish tartibi qanday amalga oshiriladi?

🖋 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 23 martdagi 119-son qaroriga muvofiq tayinlanadi.

Nafaqa tayinlash uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qiladi yoki elektron shaklda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan ro‘yxatdan o‘tgan holda so‘rovnoma shaklini to‘ldiradi.

🎖 Ijtimoiy himoya milliy agentligining «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimi tegishli vazirlik va idoralardan olingan elektron ma’lumotlar asosida avtomatik ravishda nafaqa tayinlaydi va murojaatchiga SMS–xabar yuboradi.

😊 «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan nafaqalarni to‘lash uchun to‘lov qaydnomasi shakllantiriladi va Hududiy boshqarmalar tomonidan shakllantirilgan to‘lov qaydnomasiga muvofiq tijorat banklariga mablag‘lar moliyalashtirib beriladi..

💵 Tijorat banklari tomonidan nafaqa to‘lovlari har oyning 27-kunigacha amalga oshiradi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni 1140 qisqa raqamlari orqali yoki «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlaridan olishingiz mumkin.

Kiritildi: 15:58 08.07.2024. O'qildi: 1209 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!