Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Yosh dzyudochimiz jahon chempionatida sovrindor bo‘ldi

A A A
Yosh dzyudochimiz jahon chempionatida sovrindor bo‘ldi

Bugun Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati start oldi. Quvonarlisi, ilk kundayoq O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga bronza medali yozildi.

-60 kg vazn toifasida qatnashgan hamyurtimiz Murodil Murodillayev shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarildi. Yarim finalda mezbon sportchiga imkoniyatni boy bergan yurtdoshimiz uchinchi o‘rin uchun bahsda AQSh vakili Jonatan Yangni mag‘luboyatga uchratib, o‘z nomini sovrindorlar qatoriga qo‘shib qo‘ydi.

Kiritildi: 17:49 02.10.2024. O'qildi: 1049 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!