Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

Yorqinxo‘ja Umarov Afruza bilan munosabatlari va orzusidagi rafiqa haqida gapirdi (+video)

Yorqinxo‘ja Umarov Afruza bilan munosabatlari va orzusidagi rafiqa haqida gapirdi (+video)

Xonanda Yorqinxo‘ja Umarov Afruza bilan munosabatlariga oydinlik kiritdi. Xonanda bu haqda YouTube’dagi YashinTV kanaliga bergan intervyusida gapirib berdi.

Afruza mening singlim, biz bir musiqiy kompaniya a’zosimiz, hozir shu yerda aytib o‘tishim kerak. Biz, ya’ni men, G‘aybulla Tursunov, Afruza, Sagdiana «Mano music line» leybeli ostida ijod qilamiz.

Afruza bilan ishqiy munosabatimiz yo‘q. Odamlar bizni ishqiy juftlik sifatida ko‘rishadi. Bu haqda bir necha marta so‘rashgan, yo‘q degan javob ham berganman, baribir yana va yana shu savol takrorlanmoqda. To‘g‘risini aytaman, Afruza bilan, umuman, ishqiy munosabatimiz yo‘q. Afruza hamkasbim, uni singlimdek ko‘raman.

Yorqinxo‘ja Umarov, xonanda

Shuningdek, Yorqinxo‘ja Umarov intervyu davomida orzusidagi rafiqa qanday bo‘lishi haqida quyidagi fikrlarni aytib o‘tgan.

Avvalgi bergan intervyumda hijobli qizga uylanishni orzu qilishimni aytgandim. Shu gapim juda ommalashib ketgan edi. Hijobli qizga hali o‘zim mos emasman. Aytmoqchi bo‘lganim hijobi yuzida ham, qalbida ham bo‘lsin. Shunda u qiz menga bir mukofot bo‘lgan bo‘lardi. Tarbiyali bo‘lsa, muomalasi chiroyli bo‘lib, onamni hurmat qilsa men uchun haqiqatdan mukofot bo‘lardi. Ayolimning qalbida ham, o‘zida ham, yuzida ham hijobi bo‘lishini juda ham xohlardim, shunday bo‘lishini orzu qilaman.

Yorqinxo‘ja Umarov, xonanda

Ma’lumot uchun, Yorqinxo‘ja Umarovning «Jana-jana», «Zubayda», «Qizim», «Bir kunlik» deb nomlangan qo‘shiqlari mashhurlikka erishgan. Xonanda 2019 yilda Xalqlar do‘stligi saroyida «Jana-jana» deb nomlangan ilk yakkaxon konsert dasturini ham taqdim etgan.

Kiritildi: 06:30 16.03.2021. O'qildi: 13447 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!