Gaiti janubidagi Nippesna departamentining Miragoane shahri yaqinida yoqilg‘i tashuvchi tankerning ag‘darilib ketishi va keyinchalik portlashi natijasida kamida 24 kishi halok bo‘ldi, yana 40 kishi og‘ir kuyish jarohatlari oldi.
Bu haqda Reuters agentligi mahalliy hokimiyatga tayanib xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea joyiga Gaiti bosh vaziri Garri Konil tashrif buyurgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, eng og‘ir yaralanganlarning ba’zilari maxsus yordam olish uchun vertolyotda evakuasiya qilingan.