Bugun 20 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Yirtilgan aviachipta mojarosi...

A A A
Yirtilgan aviachipta mojarosi...

Hayotingizda olis manzilga yo‘lga otlanib, safar chiptasini xarid qilgansiz-u, ketishingizga oz fursatlar qolganda muammo yuz bersa... Samarqandlik M. Seydamedovning boshidan o‘tganlari bilan tanishing. Unga Aviakassa xodimi qo‘ng‘iroq qilib, Moskva shahriga ketish uchun sotib olgan aviachiptalarini zudlik bilan qaytarish kerakligini, chipta bilan bog‘liq muammo chiqqanligini ta’kidladi. O‘g‘li bilan yetib borishsaki, qo‘shimcha to‘lov qilishi kerakligini, yo‘qsa Moskvaga uchib ketolmasligini ta’kidlashdi. Bunga e’tiroz bildirgan fuqaroga achchiq ustida aviakassa xodimi chiptani yirtib tashlaydi. Bunday noqulay vaziyatda zudlikda chora ko‘rmasa, o‘g‘li o‘qishiga vaqtida yetib borolmasligini anglagan M.Seydamedov Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Samarqand shahar jamiyatiga murojaat etdi.

Murojaatning qisqacha mazmuni shunday – fuqaro Samarqand shahridagi Marmar bozori hududida joylashgan aviakassadan 1 325 000 (1 mln. uch yuz yigirma besh ming) so‘mga Samarqand-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha uchuvchi samolyotga chipta xarid qiladi. Uch kundan so‘ng aviakassaga chaqirtirilib, yana salkam 2 000 000 (ikki mln) so‘m to‘lashi zarurligini aytadilar. Rozi bo‘lmagach, chiptani ko‘z o‘ngida yirtib tashlashadi. Murojaat o‘rganilganda, kassa xodimining o‘z ishiga sovuqqonligi, ish paytida o‘rnini begona, mutaxassis bo‘lmagan kishiga tashlab ketganligi, Samarqand-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha chipta narxi haqiqitan 3 200 000 (uch mln. Ikki yuz ming) so‘m ekanligi ma’lum bo‘ldi. Fuqaroning huquqi tiklab berildi. Aviakassa tomonidan xodimining xatosi tufayli yuz bergan xatolik bartaraf etilib, M.Seydamedovga mazkur yo‘nalish bo‘yicha qo‘shimcha to‘lovlarsiz chipta taqdim etildi.

Manba: xs. uz

Kiritildi: 22:15 29.08.2019. O'qildi: 2379 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!