Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Yilning eng yirik kelishuvi: Qozog‘iston banki 176,4 mln AQSh dollariga Click aksiyalarini sotib oldi

 Yilning eng yirik kelishuvi: Qozog‘iston banki 176,4 mln AQSh dollariga Click aksiyalarini sotib oldi

Halyk Bank (Qozog‘iston) Click’ning 49% ulushini $176,4 mln ga sotib olmoqda. Bu Click’ning umumiy bahosini $360 mln ga yetkazdi — bu esa O‘zbekiston fintexi uchun rekord!

Kelishuvga ko‘ra, Halyk bank 49 foiz Click aksiyalarini 176,4 million dollarga xarid qiladi, Click esa Tenge Bank’dagi shu miqdordagi ulushi uchun 60,76 million dollar to‘laydi.

Bank matbuot xizmati xabar berishicha, ikkala kompaniya ham mustaqil yuridik shaxs sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Bu o‘zaro investisiya almashinuvi Qozog‘iston va O‘zbekiston moliya regulyatorlarining ruxsatidan so‘ng kuchga kiradi.

Mijozlar uchun shartlar o‘zgarmaydi, amaldagi barcha kelishuvlar kuchda qoladi.

Kiritildi: 14:15 23.07.2025. O'qildi: 807 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!