Toshkent shahar, Bektemir tumanida yashovchi 62 yoshli (ayol) M.V. IIOga murojaat qilib, noma’lum shaxs tomonidan 1.696.000 so‘m miqdoridagi pullari firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Xorazm viloyati, Tuproqqal’a tumanida yashovchi 20 yoshli YA.A. sodir etganligi aniqlandi.
Unga ko‘ra, YA.A., jabrlanuvchi M.V.ga yillik 14% kredit olib beraman deya uni aldab ishonchiga kirish orqali kartasidan o‘sha vaqtning o‘zida 1.696.000 miqdoridagi pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank plastik kartasiga o‘tkazib olgan va qo‘lga kiritilgan pul mablag‘larini o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, YA.A.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "g" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.