Bugun 9 iyun kuni soat 9:06da Poytaxtimizning Yashnobod tumani, Mo‘ynoq ko‘chasi 241-uyda joylashgan “Radiator Elit” MCHJga qarashli alyumin radiatorlar ishlab chiqarish sexida yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘in natijasida sexning ishlab chiqarish qismida 200 kv.m maydoni yongan. Yong‘in-qutqaruv jangovar bo‘linmalari manzilga soat 9:09da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in soat 9:33da to‘liq bartaraf etilgan hamda sexning 1000 kv.m maydoni saqlab qolingan. Yong‘in joyiga 4ta yong‘in-qutqaruv texnikasi jalb qilingan.
Yong‘in sabablari va yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.