Bugun soat 03:45 larda Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasida 2004 yilda tug‘ilgan J.Y. Lacetti rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan vaqtda rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan va 1977 yilda tug‘ilgan S.A. boshqaruvidagi Nexia-3 rusumli avtomashina bilan to‘qnashgan. Oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida Nexia-3 rusumli avtomashina yo‘lovchisi olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Lacetti va Nexia-3 rusumli avtomashinalar haydovchilariga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.