Kecha F-16 samolyoti 7700 kodli favqulodda signalni uzatdi va «Al-Dafra» aviabazasiga qattiq qo‘nishni amalga oshirdi, deb xabar bermoqda Tasnim.
Eron armiyasi matbuot xizmati shanba kuni xabar berishicha, voqea jumaga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan.
Operasiya davomida Eron havo hujumidan mudofaa tizimlari Amerika F-16 samolyotiga zenit raketasini uchirdi. Raketa samolyot yaqinida portlab, unga shikast yetkazdi; natijada ekipaj o‘z vazifasini to‘xtatishga va BAAning «Al-Dafra» aviabazasiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirishga majbur bo‘ldi.