Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Yashnobod tumanidagi ichki yo‘llarni qurilishi va ta’mirlanishidagi talon-torojlik fosh etildi

Yashnobod tumanidagi ichki yo‘llarni qurilishi va ta’mirlanishidagi talon-torojlik fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, buyurtmachi Yashnobod tumani obodonlashtirish boshqarmasi, bosh pudratchi “T.Y.” va yordamchi pudratchi “T.O.” MCHJ mansabdor shaxslari tumandagi 6 ta ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari bo‘yicha tuzilgan hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritib, amalda 278 mln so‘mlik yo‘l qurilish va ta’mirlash ishlarini bajarmasdan byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 

Kiritildi: 08:16 03.04.2021. O'qildi: 2591 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!